Mirzo Ulug`bek tumani 120- maktabning “ Oktabr – o`zbek tili fan oyligi “ ni o`tkazish rejasi 2016-2017 o`quv yili

17 ноября 2016 | 04:03

M. Ulug`bek  tumani 120- maktabning o`zbek tili metod birlashmasi oktabr- o’zbek tili fan oyligi munosabati bilan maktabda rejalashtirilgan tadbirlari amalga oshirildi.

M. Ulug`bek  tumani 120- maktab
rahbari  D.T.Atamuratovaga
O’zbek tili fan oyligi
o`tkazilganligi  to`g`risida

HISOBOT

M. Ulug`bek  tumani 120- maktabning o`zbek tili metod birlashmasi oktabr- o’zbek tili fan oyligi munosabati bilan maktabda rejalashtirilgan tadbirlari amalga oshirildi.
Ta`lim sifat samaradorligini yuqori bosqichga ko`tarishda, o`quvchilarning bilim samaradorligini oshirishda, ularni fanga qiziqtirishda oy davomida o`quvchilarning ijobiy qobiliyatlarini yanada oshirishga harakat qildik.
1. Kirish testlari yoki nazorat ishlari olindi va ular asosida o`quvchilar bilimidagi bo`shliqlar aniqlandi va bo`shliqlarni bartaraf etish borasida ijobiy ishlar  amalga oshirildi.

2.Maktabda reja asosida o`zbek tili o`qituvchilari Doniyorova M.Z., Karabekova R.S., Xankeldiyeva Z.A.  ochiq darslar o`tkazishdi.

3. Devoriy gazetalar tanlovi o`tkazildi. ”Eng yaxshi devoriy gazeta” tanlovida - 8 “V” sinf o`quvchilari g`olib bo`lishdi.
 
4. Boshlang`ich sinf va 5-6 sinf o`quvchilari orasida “ Kimning xati chiroyli “ ko`rik-tanlov o`tkazildi. G`oliblar taqdirlandi.

5. O`quvchilarni yaxshilikka chaqirib, o`zbek xalq ertaklaridan samarali foydalanildi.“Ertaklar olamiga sayohat” nomli tanlov 5-sinflar orasida o`tkazildi.

6. She`rxonlar ko`rigi 4-8  sinflar orasida o`tkazildi. “Ta’sirchan,ifodali,qalbdan o’qish-tinglovchi qalbini zabt etishdir” mavzusidagi tanlov g`olibi 5-“B” Avazbayeva Durdona deb topildi.
 
7. O`zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 27 yil to`lishi munosabati bilan tadbir o`tkazildi. Tadbirda 5-9 sinf  o`quvchilari faol ishtirok etishdi. ”Mumtoz g’azallarning eng mohir ijrochisi”- 5-a sinf o`quvchisi Akbarova Xayriniso kabi o`quvchilar faol ishtirok etishdi.
          
8. Chiqish testlari va monitoring. Fan yakuni yuzasidan tahliliy ma`lumotlar TXTMFMTTEBga yetkazildi.

9. O`zbek tili o`qituvchilari tuman miqiyosida tashkillashtirilgan tadbirlarda ishtirok etishdi.  

10. Fan oyligining yakuniy festivali muvaffaqiyatli amalga oshdi.
    Fan oyligi faoliyati ijobiy baholandi.

Metod birlashma raisi:                                Ermekova N.N.